Assalom alaykum
Oila kodeksining 99-moddasiga ko’ra,aliment to’lovlarining miqdori taraflarning moddiy va moliyaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq hollarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin.
Lekin, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori eng kam ish haqining 75 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
OilaKodeksining 146-moddasiga ko’ra, aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o‘zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko‘ra alimentning belgilangan miqdorini o‘zgartirishga yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsni aliment to‘lashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini o‘zgartirishda yoki uni to‘lashdan ozod qilishda sud taraflarning e‘tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.
Mazkur holda, aliment to’lovchi o’zining moddiy va moliyaviy ahvoli yomonligi uchun aliment miqdorini kamaytirish to’g’risida sudga murojaat qilishi mumkin.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.