Men bankdan kreditga avtomabil olganman avtomabilimni 1870000 sumga avtokredit sugurta qildirganman
Men kreditga olingan avtomabilni boshqarib borishda yõl transport hodisasi sodir bõldi daslabki tergov surishtiruv natijalariga kõra men aybdor hisoblanaman. Savolim shundan iboratki sugurta kampaniyasi meni kreditga olinggan avtamashinamga yetkazilgan moddiy zararni qoplab beradimi
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Mazkur holda sug’urta shartnomasining qaysi turi tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar siz avtomobilingizni majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta qildirgan bo’lsangiz, bunda sug’urta kompaniyasi sizning avtomobilingizga yetgan zararni qoplab bermaydi. Chunki hozirgi kunda ko’pchilikka ma’lum bo’lgan majburiy sug’urtada sug’urta qildiruvchining fuqarolik javobgarligi sug’urtalanadi. Bu shuni anglatadiki, agar sizning aybingiz bilan transport hodisasi yuz bersa, siz zarar yetkazgan tarafga sug’urta kompaniyasi barcha zararni qoplab beradi. Va sug’urta kompaniyasi zararni qoplash uchun ketgan pulni sizdan (bo’lib-bo’lib) undirib oladi. Bundan ko’zlangan maqsad, sug’urta qildiruvchi zararni qoplashda moddiy jihatdan qiynalib qolmasligini ta’minlash va zarar ko’rgan tarafga zarar miqdorini tezroq qoplab berish hisoblanadi.
Demak, agar siz majburiy sug’urta asosida mashinangizni sug’urta qildirgan bo’lsangiz, bunda sizning mashinangiz emas balki fuqarolik javobgarligingiz sug’urtalangan hisoblanadi va sug’urta kompaniyasi sizning aybingiz bilan ro’y bergan transport hodisasi tufayli zarar ko’rgan tarafga zarar miqdorini to’liq qoplab berishga majbur. Keyinchalik sug’urta kompaniyasi zararni qoplash uchun ketgan xarajatni sizdan undirib oladi.
Agar siz avtomashinangizni o’z ixtiyoringiz bilan mulkiy sug’urta asosida sug’urta qildirgan bo’lsangiz, avtomobilingizga yetgan har qanday zarar, agar sug’urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi. Buning uchun siz sug’urta shartnomasini tuzgan paytingizda sizga taqdim etilgan sug’urta polisini sug’urta tashkiloti xodimlariga ko’rsatgan holda ularni sodir bo’lgan transport hodisasidan xabardor etishingiz kerak va sug’urta hodisasi ro’y berganligi sababli sizga sug’urta tovonini to’lab beriahini talab qilishingiz lozim. Tegishli tartibda xabardor qilinganidan so’ng sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi ro’y bergan bermaganligini aniqlash maqsadida ekspertiza o’tkazadi. Agar ekspertiza xulosasi haqiqatan ham sug’urta hodisasi ro’y berganligini ko’rsatsa, sug’urta tashkiloti sizga sug’urta shartnomasida belgilangan miqdordagi sug’urta tovonini to’lab beradi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.