Автомобиллар

0
0

Ассалому алайкум. Ахоли турар жойларида, куп каватли уйлар атрофида юк автомашиналари тухтаб туришлари еки сакланиши мумкинми? кайси хужжатга асосан мумкин еки мумкин эмас.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-sonli “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarori 91-bandiga ko’ra:

Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi:

tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa;
tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida;
bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno);
to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda;
piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda;
qatnov qismining xavfli burilishlarida;
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kam masofa qolganda (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
3.27 yo‘l belgisi yoki 1.4 yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
Ushbu qaror 92-bandiga ko’ra quyidagi hollarda:
To‘xtab turish taqiqlanadi:
to‘xtash taqiqlangan joylarda;
aholi yashash joylaridan tashqarida 2.1 yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida;
temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada;
3.27 — 3.30 yo‘l belgilari yoki 1.41.10 yo‘l chiziqlari ta’siri doirasida.
5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
Shuningdek, mazkur qaror 93, 94, 95-bandlariga ko’ra:
To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
Transport vositasining o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.

 

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications