Bola puli

0
0

Assalomu aleykum. Hozir homiladorligim sababli suddan ajratishmayapti. Lekin turmush urtogim bilan emas ota onamni uyida yawayapman. Turmush urtogimni uyidan propiskadan chiqib ota onamni uyiga ruyhatga utdim. Bolam tugilgandan keyin bolalarga beriladigan 2yoshgacha bulgan nafaqani olsam buladimi. Yoki qonuniy ajrashmaganimcha bu nafaqani tayinlashmaydimi. Javob uchun oldindan rahmat.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum
“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi N I Z O Mga ko’ra, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.

Shuningdek, yuqoridagi nizomga ko’ra ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar) nafaqa olishda ustun huquqqa ega. Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (Mahalla) belgilaydi. Mana shu holda sizdan ajrashganingizni tasdiqlovchi hujjat talab qilinishi mumkin.

Ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.

Ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha oylik nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi NIZOMga ko’ra, Ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha oylik tug’ilgan, farzandlikka,vasiylikka olingan bolani ikki yoshga to’lgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida onaga, otaga, farzandlikka, vasiylikka olgan yoki boshqa qarindoshlarga tayinlanadi va to’lanadi.

Lekin ushbu Nizom byudjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga tatbiq etilmaydi.

Ushbu nizomga ko’ra Bola parvarishi bo’yicha nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) bola parvarishi bo’yicha nafaqa tayinlash uchun ariza;
b) bola tug’ilganligi to’g’risida guvohnoma nusxasi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, Birinchi nizom bo’yicha ya’ni kam ta’minlanganlik asosida bola puli oladigan bo’lsangiz yo daromadingiz yuqorida belgilangan miqdorga mos bo’lishi kerak yoki ajrashganligingizni tasdiqlab berishingiz kerak.
Agar ikkinchi nizom bo’yicha bola puli oladigan bo’lsangiz, byudjet tashkiloti bo’lmagan joyda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo’lishingiz kerak va bunda sizning ajrashgan ajrashmaganligingiz hech qanday rol o’ynamaydi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications