Bola puli

0
0

Assalomu aleykum. Turmush o’rtog’im bilan ajrashganimiz yo’q lekin anchadan beri yashamaymiz. Turmush o’rtog’imni uyidan ro’yhatdan chiqib, ota-onamnining uyiga ro’yhatga o’tdim. Hozirgi kunda farzandimni bir o’zim tarbiyalayapman. Hech qayerda ishlamayman. Bolani 2 yoshgacha bo’lgan nafaqasini olishim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat!

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Demak, sizning ishsizligingiz hisobga olinib bolangiz 2 yoshga to’lgunicha nafaqa to’lanishi mumkin. Buning uchun o’zingiz yashayotgan mahallaga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi. Biroq bu bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.

Nomi zikr etilgan qarorga ko‘ra, bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications