Assalom alaykum,
Aliment olgan kishining ikki yoshgacha bo’lgan bola pulini ololmasligi haqidagi qoida qonun hujjatlarida mavjud emas.
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomning 8-bandiga ko’ra bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga tayinlanadi.
Shuningdek, ushbu nizomning 9-bandiga ko’ra, bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar) bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega.
Agar oila tarkibi va daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlarda aliment miqdori ham qo’shib hisoblansa, kelib chiqqan miqdor eng kam oylik ish haqining 1.5 barabaridan oshmasa, sizga bola parvarishi uchun nafaqa tayinlanadi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.