Assalomu alekum sizga savolim quyidagicha. ayolim bilan oila qurganimizga bir yildan oshdi o’rtamizda bir nafar farzandimiz bor. O’zaro kelishmovchiliklarmiz sababli ajrashishga majbur bo’lyabmiz. Ayolim va o’zim davlat korxonalarida ishlamaymiz. To’yizdan oldin mening nomimga uy olingan. Ajrim vaqtida nomimdagi uy ayolim bilan ikkalamizga bo’linadimi. Javob uchun rahmat.
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Agar uyni to’ydan oldin olganingizni sudda isbotlab bera olsangiz, uy bo’linmaydi. Er-xotinning nikoh davrida ortirgan mulkigina ularning umumiy mulki deb qaralishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, uy-joy va mol-mulkni bo’lish faqat er yoki xotinning talabiga binoan amalga oshiriladi. Ya’ni agar nikohdan ajratish to’g’risida da’vo arizasi berilganda, taraflar mol-mulkni bo’lishni talab qilmasa, sud o’zining tashabbusi bilan mol-mulkni bo’lib bermaydi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.