Assalom alaykum
“Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiriladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Bojxona yuk deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish yo‘li bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno.
- Transport hujjatlari (transport turiga qarab yukxati) va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar (invoys).
- Tovarlarning kelib chiqishi sertifikati (manfaatdor shaxsning xohishi bo‘yicha va uning zarurligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda).
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qaroriga ilova qilib keltirilgan “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar RO‘YXATI” II bandi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- last edited 5 yil ago
- You must login to post comments
Showing 1 result
Your Answer
Please login first to submit.