Men chet el safaridaman, ayolim bilan ózaro janjallar tufayli ajrashishga qaror qildik, men ham ayolim ham rozi ajrimga muammo shuki men chet eldaman.
Savolim shuki:men chet elda bóla turib advakat yollab yoki boshqa biror yól bilan ajrashsam bóladimi? Oldindan rahmat javob uchun.
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Sizning chet elda bo’lishingiz ajrashishingizga to’sqinlik qilmaydi. Ajrashishga xotiningiz ham rozi ekan,demak ushbu vaziyatda xotiningiz o’zi yashayotgan hududdagi fuqarolik sudiga ajrashish uchun ariza berishi o’rinli bo’ladi.
Ariza berilgandan so’ng tegishli tartibda siz yashayotgan hududga suddan chaqiruv qog’ozi yuboriladi. Belgilangan tartibda sizning sudga borolmasligingiz, inobatga olinib ish sirtdan ko’rib chiqiladi. Bunday holda ham ajrashish uchun odatdagi ko’riladigan ishlar bilan bir xil vaqt ketadi.
Eslatib o’tamiz, xotiningiz ajrashish uchun sudga ariza berganda eng kam oylik ish haqining ikki barabari miqdorida davlat boji to’laydi. Bundan tashqari pochta xarajatlari uchun 14200 so’m to’laydi.
Sud sizlarni ajrashgan deb topganidan so’ng, ajralishni FHDYO organida ham rasmiylashtirish kerak bo’ladi. FHDYO organida nikohni bekor qilishni rasmiylashtirganda eng kam oylik ish haqining 3 barabari miqdorida davlat boji to’lanadi.
Agar xotiningiz va sizning o’rtangizda nikoh davrida orttirilgan umumiy mulk uchun nizo mavjud bo’lsa, bunday turdagi ishni ko’rish uchun alohida ariza beriladi. Buning uchun tegishli mol-mulk qiymati doirasida alohida davlat boji undiriladi.
Nikohdan ajratish va mol-mulkni bo’lish to’g’risidagi ish birgalikda ko’rib chiqilishi mumkin.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.