Ipoteka krediti olish

0
0

Мen davlat ishxonasida ishlayman oyligim ipoteka krediti asosida uy olishga yetadi lekin hali oila qurmaganman bu uy olishimga sabab bo’lishi mumkinmi?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti
mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga ko’ra, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan “Aholiga ko’p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish kontseptsiyasi” tasdiqlanib, yangi tartib doirasida ipoteka krediti oluvchilar jismoniy shaxslar va ushbu kreditlarni berishda qatnashuvchi tijorat banklariga talablar belgilangan.

Unga ko’ra, ipoteka krediti oluvchiga talablar:

  • ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan va 50 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq
    har oyda qaytarish imkoniyatiga ega bo’lgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo’lishi;
  • qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) bo’yicha o’rtacha oylik to’lovlari, ya’ni qarz yuki ko’rsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o’rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo’lmasligi;
  • ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan
    avval olgan kreditlari bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

Siz olmoqchi bo’lgan ipoteka krediti turiga maxsus “yosh oila” talabi qo’yilmagan bo’lsa,
bemalol hujjat taqdim qilishingiz va kredit olishingiz mumkin deb hisoblaymiz.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications