Iqtisodiy sudlarga davo arzia bilan murojaat etish tartibi

1
0

Salom oldindan
Chet ellik firma O`zbekistondagi firmani to`lov shartlari bajarilmaganligi sababli iqtisodiy sudga davo arizasi bilan murojaat etish tartibini to`liq tushuntirib bersangiz.
Davlat boji agar sudda to’lansa unda qaysi hisobga va stavkasini aytsangiz
va pochta xizmati haqida ham to’xtalsangiz
oldindan rahmat

  • You must to post comments
2
0

Assalom alaykum
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual kodeksi 25-moddasiga ko’ra, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, sud o’ziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokida ko’radi.

Shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun da’vo arizasini javobgar joylashgan hududdagi iqtisodiy ishlar bo’yicha sudga taqdim etasiz. Da’vo arizasi sudga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri
(pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) agar da’vo baholanishi lozim bo’lsa, da’voning bahosi;
4) da’vo talablariga asos bo’lgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) da’vogarning qonun hujjatlariga asoslab keltirgan talablari, da’vo bir nechta javobgarga
nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi
to’g’risidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda
tutilgan bo’lsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro’yxati.
Da’vo arizasida da’vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari,
elektron manzili ko’rsatilishi mumkin.
Da’vo arizasida, agar nizoni to’g’ri hal qilish uchun zarur bo’lsa, boshqa ma’lumotlar,
shuningdek da’vogardagi mavjud iltimosnomalar ko’rsatiladi.
Da’vogar o’zaro bog’liq bo’lgan bir nechta talabni bitta da’vo arizasiga birlashtirishga haqli.

Da’vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to’langanligini;
2) da’vo arizasining ko’chirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi
shaxslarga yuborilganligini;
3) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya
etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan
bo’lsa;
4) da’vo talablariga asos bo’lgan holatlarni;
5) da’vogarning yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan
o’tganligini;
6) da’vo arizasini imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo’lsa.
Shartnoma tuzishga majbur etish to’g’risidagi da’vo arizasiga shartnoma loyihasi ham ilova
qilinadi.

Sudga 14200 so’m miqdorida pochta xarajatlari uchun pul to’lanadi.
Davlat boji miqdorlari quyidagicha:
Iqtisodiy sudlarga beriladigan:

a) mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan — da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda;

b) mulkka oid bo’lmagan tusdagi da’vo arizalaridan — eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v) bankrotlik to’g’risida ish qo’zg’atish haqidagi arizalardan — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;

g) xo’jalik shartnomalarini tuzish, o’zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar
bo’yicha da’vo arizalaridan — eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

c) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan — birinchi instantsiyada ko’rib chiqish uchun ariza berilganda to’lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo’yicha esa talashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblangan stavkalar;

d) sud hujjatlarining dublikatlarini hamda tomonlar va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning
iltimoslariga binoan iqtisodiy sud tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish to’g’risidagi arizalardan — hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

j) hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to’g’risidagi
arizalardan, shuningdek, hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to’g’risidagi arizalardan — eng kam oylik ish haqining 2 baravari.

Izoh. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning «a» — «g» va «ye» kichik bandlarida ko’rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to’laydilar.

Da’vo arizasi namunasi: https://template.sud.uz/#/universal-template

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications