- Men shu yil institutni bitiraman. Men soliq inspeksiyasiga ishga kirmoqchiman. Lekin inspeksiya kadrlar bo’limiga uchrashganimda ishga kirish uchun diplom kerakligini aytdi va men hali diplom olmaganligimni va diplom o’rniga dekanatdan vaqtincha ishga kirish haqida malumotnoma taqdim etishimni aytsam kadr rad etdi. Bunday jarayonda kim haq va tartib qanday bo’ladi?
- You must login to post comments
Assalom alaykum
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 80-moddasiga ko’ra:
pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.
o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
Ushbu modda to’rtinchi bandiga ko’ra (qora bilan belgilangan band), soliq inspeksiyasi sizdan ishga qabul qilish uchun mutaxxasisligingizni tasdiqlovchi diplomni talab qilishga haqqi bor.
- Islombek Abdixakimov answered 4 yil ago
- You must login to post comments
Showing 1 result
Your Answer
Please login first to submit.