Jinoyat buyicha

0
0

Assalamu alaykum. 244.1modda, 3-qism, g bandi haqida malumot bersangiz?

  • You must to post comments
-1
0

244.1-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni
tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish

Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan, qirg’in solishga yoki
fuqarolarni zo’rlik bilan ko’chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima
chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash,
shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy
belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash va saqlash;
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan, qirg’in solishga yoki
fuqarolarni zo’rlik bilan ko’chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima
chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi
shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar
tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi
qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-
ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish
yoxud namoyish etish kabi harakatlar:

g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet
jahon axborot tarmog’idan foydalanib sodir etilgan bo’lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mazkur modda uchinchi qismi g bandi keltirilgan jinoyatning og’irlashtiruvchi normasi hisoblanadi. Buning sababi, ommaviy axborot vositalari yoki intenet orqali mazkur harakatlarni amalga oshirishning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo’lib, bu keng doiradagi aholining ongini zaharlashga xizmat qiladi. Shuning uchun qonun chiqaruvchilar, mazkur harakatni og’irlashtiruvchi norma sifatida kiritgan.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications