Kadastr hujjati (yig‘ma jildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda kadastr hujjatlarni tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?

0
0

Kadastr hujjati (yig‘ma jildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda kadastr hujjatlarni tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?

  • You must to post comments
-1
0

Yer uchastkasiga bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan er uchastkasida uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruktsiya qilish tugallangandan keyin yuridik va jismoniy shaxsning arizasiga asosan tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi o’n besh kun muddat ichida uy-joyni texnik inventarizatsiya qiladi va belgilangan tartibda kadastr yig’majildini tayyorlaydi.Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications