Assalomu alaykum! Meni bir nechta savollarim bor edi. Iloji bo’lsa javob bersangiz.
1. Ko’p qavatli uylarda soat nechadan nechagacha shovqin qilish mumkin emas(taqillatish, drel ishlatish va umuman qurilish yuzasidan turli shovqin solish ma’nosida)?
2. Shovqin solish mumkin bo’lmagan vaqtda sodir etilgan harakat uchun qayerga murojaat qilish, qanday chora ko’rish mumkin?
3. Bu kabi holatlar qaysi hujjat(qonun) bilan tartibga solinadi?
Mustaqil izlab “Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks”ni “lex.uz”da o’qib ko’rdim. Kodeksning 192-модда. Маиший шовқинга қарши кураш талабларини бузиш bo’limida savolimga javob berilgan, lekin to’liq emas. Ya’ni, u yerda uy jihozlari orqali yuzaga keladigan shovqin haqida aytilgan. Savolim esa, ko’proq qurilish qilish natijasidagi shovqin haqida.
Qo’shnim yakshanba kuni kechki soat sakkizlarda devorga drel bilan samorez o’rnatayotganimda shikoyat qilaman deb po’pisa qilayapti.
4. Bunga uning qonunan haqqi bormi? Umuman yuqoridagi Kodeksdan boshqa shovqin solishni tartibga soladigan qonun bormi?
Javoblaringizni kutaman. Oldindan rahmat!
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 192-moddasida Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo’shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo’laklari va eshiklarida, ko’chalarda ovozi baland qilib qo’yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo’lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish uchun javobarlik belgilangan.
Mazkur holda sizning drel ishlatish orqali shovqin solishingiz yuqoridagi normaning “ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish” yoki “juda zarur bo’lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish” yoki “maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish” deb baholanishi mumkin.
Qonunda sodir etilishi mumkin bo’lgan barcha harakatlarni birma bir sanab chiqish imkoniyati yo’qligi tufayli shunga o’xshash “boshqa harakatlar” deyish orqali barcha ehtimoliy harakatlar qamrab olingan.
Ushbu harakatni kechki soat sakkizda sodir etganingiz tufayli sizga nisbatan hech qanday javobgarik qo’llanilmaydi. Agar mazkur harakatni tungi soat 23:00 dan ertalab 6:00 gacha sodir etsangiz, ma’muriy javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
Mazkur vaziyatni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjati mavjud emas.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.