Assalom alaykum
O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 80-moddasiga ko’ra, Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
pasport yoki uning o’rnini bosadigan boshqa hujjatni, o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar esa, —
tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O’rindoshlik
asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o’rniga asosiy ish joyidan olgan
ma’lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda
turganlik haqidagi guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina
bajarishi mumkin bo’lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini
tamomlaganligi to’g’risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan
guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Mehnat kodeksida umumiy hujjatlar keltirilgan bo’lib, turli tashkilotlar yana o’zlarining nizom va ustavlarida belgilangan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin. Bunday hujjatlarning nusxalari qanday shaklda talab qilinishi (rangli yoki rangsiz) ish beruvchining nizom va ustavlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va hujjatlarning rangli nusxalarini talab qilish qonun hujjatlariga zid emas.
Xullas, barchasi ish beruvchining nizomi va ustaviga bog’liq.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.