Maslaxat

0
0

Salom men qonuniy ajrashmabman aliment tulayman chet elga ishga borsam buladimi

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum 

Oila kodeksining 145-moddasi aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs chet davlatga ketayotganda aliment qanday to‘lanishi to’g’risida bo’lib, unga ko’ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan Oila Kodeksning 130—134-moddalariga asosan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart.

Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda, manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Sobiq xotiningiz bilan aliment to’lash usullari va miqdori haqida kelishuvga kelsangiz, bunday kelishuv notarial tasdiqdan o’tishi lozim. Chet elga chiqishda, shuningdek, OVIR vizasini olishda ushbu shartnoma nusxasini ko’rsatishingiz chet elga to’siqsiz chiqishingizga asos bo’ladi.

Agar alimentning to’lash usuli yoki miqdori haqida bir kelishuvga kela olmasangiz, bu haqda tuman fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga alimentni bir yo’la to’lash to’g’risida ajrim chiqarib berishini so’rab murojaat qilishingiz mumkin.

Shuni eslatib o’tish joizki, aliment farzand voyaga yetguniga qadar, ya’ni 18 yoshga to’lgungacha to’lanadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications