Mib

0
0

Akam 2018 avgust oyida mamuriy sudlangan sud 553000Soʼm jarima chiqarib bergan akam u jarimani toʼlab ulgurmasdan 2018yil dekabr oyida yana soʼdlanib 5yilga qamalib ketgan hozirgi kunda MIB hodimi uyimga kelib akamni jarimasini men toʼlashim kerakligini aytib majburlayabdi uy jixozlarimni olib chiqib ketishini aytyabdi. ILTIMOS aniq javob berila men nima qilishim kerak

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum.

Ushbu vaziyatda MIB xodimlari harakatiga baho berishdan oldin vaziyatni aniqlashtirib olish lozim.
Siz akangiz bilan bitta xonadonda yasharmidingiz yoki alohida-alohida xonadondami?

Agar akangiz bilan bitta xonadonda yashagan bo’lsangiz va uydagi mol-mulklar sizlarga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan bo’lsa, ya’ni uydagi mulklarda bevosita akangizning ham haqi bor bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik kodeksining 333-moddasi 2-qismini asos qilib keltirgan holda MIB xodimlari undiruvni ana shu umumiy mulkdagi akangizning ulushiga qaratishi mumkin.
(Ma’muriy javobgarlik kodeksi 333-moddasi 2-qismi: Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo’lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko’ra undirib olishning iloji bo’lmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish to’g’risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo’li bilan amalga oshiriladi.)

Agar siz akangiz bilan alohida xonadonda yashagan bo’lsangiz va akangiz va sizga tegishli bo’lgan umumiy mulk mavjud bo’lmasa, bunday holda MIB xodimlari undiruvni sizning mol-mulkingizga qaratishga haqli emas. Bunday holda siz MIB xodimlari ustidan bevosita hududingizdagi prokuratura organiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Islombek Abdixakimov
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 2-kurs talabasi

  • You must to post comments
Showing 1 result
Sizning javobingiz

Iltimos qabul qilish uchun oldin

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish