Moddiy yordam

2
0

Er-xotin ajrashmashdan ham ayol erini alimentga berishi mumkinmi? 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga alimentdan tashqari moddiy yordam to’lash haqida qonun bormi?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Ayol eri bilan ajrashmay turib ham eridan farzandlari uchun aliment undirishi mumkin. Buning uchun hududingizdagi Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilishingiz lozim. Sud belgilangan tartibda aliment undirib beradi.

Aliment sud tomonidan otaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi miqdorida, undiriladi. ikki bola uchun — uchdan bir qismi;uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

3 yoshgacha bo’lgan bolalarga otaning alimentdan tashqari moddiy yordam to’lashi to’g’risida qonun hujjati mavjud emas.

Islombek Abdixakimov
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti
2-kurs talabasi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications