Moshennichestvo

0
0

Men og’aynimga ishga olib kirib qoyaman diganiga pul bergandim u aldadi endi pul olaolmayamman sudga bersam olamanmi? Iltimos javob bering

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Og’ayningiz sizni ishga olaman deb pul olganmi yoki ishga kiritishda vositachi sifatida sizdan pul olganmi?

Agar og’ayningiz mansabdor shaxs bo’lib, sizdan ishga kiritib qo’yish uchun pul olgan bo’lsa, unda bu poraxo’rlik hisoblanadi, firibgarlik emas. Shunga ko’ra, nafaqat og’ayningiz balki siz ham jinoyat sodir etgan hisoblanasiz. Ushbu holda siz bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyoringiz bilan arz qilsangiz, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergansangiz, jinoiy javobgarlikdan ozod etilasiz. Ammo 30 sutka o’tganidan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsangiz siz ham pora olgan shaxs bilan birga jinoiy javobgarlikka tortilasiz.

Agar do’stingiz mansabdor shaxs bo’lmasa, va sizdan olgan pulni umuman boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan bo’lsa, unda uning qilmishi firibgarlik deb topilishi mumkin.

Shunday ekan, huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilishdan oldin ehtiyot bo’ling. Agar haqiqatan ham do’stingiz sizni aldab pulingizni olganiga ishonsangiz, hududingizdagi prokuratura organiga do’stingiz ustidan ariza berishingiz mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications