Muammoim men blan erim ajrashmoqchi keyin 2 bolam blan kochaga haydamoqchi

0
0

Asalomualeykum savolim:erim rasiyada ishlidi 10 yildan beri yashemiz hozir rasiyada alohida uysolib chiqganmiz 4yildan beri yashayapmiz shu uyda svet,nalog hamasini ozim toleman 2ta bolamni ozim boqib kiyintiraman 6 7 yildan buyon.ish joyim yoq dalalarda ishlab boqaman bollarimi alimentga berdim 5 oy boldi 2 bolamga 50mingga yaqin olyapman.erim borsam ajrashaman uydi boshat diyapti.uy ukami nomida meni nomimda hechnarsa yog hechnarsa bermeyman diyapti.maslahat berilar iltimos nima qile ..bollaringi olib ket hechnarsa bermeman alimentingni toliman deyapti. Javobilarni telegram tarmoģida kutib qolaman oldindan rahmat.

  • You must to post comments
0
0

Asslomu alaykum. Savolingiz uchun rahmat. 
Ikkita bola uchun aliment miqdori Oila kodeksiga binoan oylik  va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida to’lashi kerak. Agarda hech qayerda ishlamasa eng kam oylik ish haqi (hozirgi vaqtda bazaviy hisoblash miqdori) bo’yicha sud buyrug’ida miqdor ko’rsatiladi. Shuningdek, sizga 50 ming so’m berishi bu juda kam. Chunki Oila kodeksiga binoan bitta bola uchun aliment miqdori eng kam oylik ish haqining 75 % (foiz)dan kam bo’lmasligi kerak. Ajrashish masalasida, er-xotin ajrashganlaridan keyin mol mulkni bo’lish masalasi o’rtada teng taqsimlanadi. Nikohdan keyin orttirilgan barcha mol-mulklar er-xotinning o’zaro mulkidir. Uy masalasida esa, siz qaysi uyga propiskada turgan bo’lsangiz shu uyda yashash huquqingiz bor. Agar uydan haydab chiqarmoqchi bo’lishsa, uyga kirgizish masalasida uy-joy maslalari bo’yicha Fuqarolik sudiga ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, sizning Prokuraturaga, Xalq qabulxonasiga, pm.gov.uz sayti orqali Prezidentga murojaat qilish huquqingiz borligini ham ma’lum qilamiz. Sizga yuridik yordam berganimizdan xursandmiz!!! CIVIL.UZ jamoasi Yuridik maslahat xizmatlari.

  • Guest answered 4 yil ago
  • last edited 4 yil ago
  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications