Nikohdan ajrashish va mol-mulkni bo'lish

0
0

Turmush qurganimga 9yil bo’ldi.Farzandimiz yo’qligi sababli erim meni uydan chiqarib yubordi bir oy bo’ldiki otamning uyidaman. Mana shu 9yil davomida birga ishlab uy- joy qildik.Uy erimning nomida.Endi esa erim menga hech narsa bermoqchi emas.Garchi ikkimiz deyarli bir xil oylik olamiz.Men o’qituvchi bo’lib ishlayman.2011-yilda to’yimiz bo’lgan 2013-yilda esa tomorqa va uy kadastr qilingan. Va keyin katta uy qilganmiz. Otamdan meros qolgan deb menga hech narsa bermoqchi emas. Buning ustiga meni ketkizib yuborib endi o’sha uyga sha’riy nikoh bilan uylanib yashamoqchi. Iltimos maslahat bering. Men bu vaziyatda qanday yo’l tutishim mumkin. Uy-joy tomorqaning yarmiga da’vo qilolamanmi. Javobini kutaman. Oldindan rahmat.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Agar uy joy tomorqa nikoh davrida olingan bo’lsa, da’vo qila olasiz.

Oila kodeksi27-moddasiga ko’ra Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.

Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.

Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.

Shunga ko’ra, tomorqani umumiy mulk deb topish yoki topmaslik masalasini sud hal qiladi. Sizga umumiy mulkni bo’lish to’g’risida sudga da’vo arizasi berishni tavsiya etamiz.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications