Nikohdan ajrashish

0
0

Аjrimga ariza topshirmohchidim hozirgi paytta qanaqa qilib ajrimga bersa boladi. Qanaqa hujjatla kere bunga

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Oila Kodeksimizga ko’ra, Nikohdan ajratish to’g’risidagi ishlar sud tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan
tartibda ko’rib chiqiladi (40-modda).

Oliy Sud Plenumining 20.07.2011 yildagi 6-sonli “SUDLAR TOMONIDAN NIKOHDAN AJRATISHGA OID ISHLAR BO’YICHA QONUNCHILIKNI QO’LLASH AMALIYOTI TO’G’RISIDA”gi qarorining 10-bandida quyidagilar keltirilgan.
Nikohdan ajratish to’g’risidagi da’vo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga javob
berishi kerak. Unda, jumladan nikoh qachon va qaerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yo’qligi, ularning yoshi, er-xotin o’rtasida voyaga yetmagan bolalarni ta’minoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari, nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birga ko’rilishi mumkin bo’lgan boshqa talablar ko’rsatiladi.

Nikohdan ajratish haqidagi arizaga nikoh tuzilganligi to’g’risidagi guvohnoma, bolalar
tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va o’zga daromadlari haqidagi, davlat boji to’langanligi to’g’risidagi hujjatlar, da’vo talablarini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek nikohdan ajratish haqidagi nizo sudgacha hal qilinganligidan dalolat beruvchi da’vogarning yashash joyidagi fuqarolar yig’ini yarashtirish komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications