Bosh sahifa / Nikohni bekor qilish

Nikohni bekor qilish

0
0

Assalomu alaykum. Men huquqiy maslahat bersangiz. Hotinim bilan ajrashish arafasidamiz. Bizning uch nafar voyaga yetmagan bolalarimiz bor. Mening hech qanday mol mulkim yo’q. Yashayotgan uyimizni ijaraga olganmiz. Lekin otamning nomida kreditga olingan uy bor. Onamning nomida esa hovli bor. Yana bir qancha moddiy boyliklarga ega. Savolim shundan iboratki:

Hotinim otam va onamning uyidan ulush olishga, yoki mulkning bir qismiga egalik qilishga haqlimi?
Agar haqli bo’lsa sud mulkning qancha qismini hotinimga o’tqazib beradi?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Nikohdan ajratish bo’yicha ish ko’rilayotganda faqat er-xotin o’rtasidagi umumiy mulk hisoblangan mol-mulkgina bo’linadi.Oila kodeksiga muvofiq er xotinning nikoh davrida orttirgan mol-mulki ularning umumiy mol-mulki hisoblanadi.

Shunday ekan sizning turmush o’rtog’ingiz ota-onangizning mol-mulkiga da’vo qilolmaydi. Agar turmush o’rtog’ingiz mol-mulkni bo’lishni talab qilgan taqdirda faqat sizlarning nikoh davrida orttirgan mol-mulkingiz bo’linadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Sizning javobingiz

Iltimos qabul qilish uchun oldin