Nikohni bekor qilish

0
0

Turmush o’rtog’im bilan 2013-yildan beri sha’riy nikoh asosida yashab kelmoqdamiz. Turmush o’rtog’im birinchi oilasi bilan 2005-yildan buyon birga yashamaydi,ammo qonuniy ajrashmagan,ularning 1 nafar farzandi bir, birinchi xotini erimdan so’ng boshqa birovga turmushga chiqqan,undan 2 nafar farzandi bor. Meni ham 2 nafar farzandim bor,ammo turmush o’rtog’imning ajrim qog’ozi yo’qligi sababli qonunan nikohdan o’tolmayapmiz, kundoshim erim bilan birga yashamasada qonuniy ajrashishga rozilik bermayapti. Qonun tomondan meni qanday huquqlarim bor maslahat berishingizni so’rayman iltimos men qanday yo’l tutishimni maslahat bering

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

 

Qonunchikigimizda rasmiy nikohdan qonuniy ajrashmay turib, qayta nikohdan o’tishga yo’l qo’yilmaydi.

Oila kodeksiga ko’ra, diniy marosim asosida tuzilgan nikoh (Shar’iy nikoh) hech qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Ya’ni, bunda nikoh qonuniy bo’lmaganligi sababli Shar’iy nikohdagilar ajrashganlarida, ular o’rtasidagi mol-mulk umumiy mulk deb hisoblanmay, sud tomonidan bo’lib berishni rad etilishi mumkin.

Shuni maslahat beramizki, turmush o’rtog’ingiz fuqarolik sudiga  birinchi xotini bilan nikohdan ajratish bo’yicha ariza berishni lozim. Sud oilani bundan keyin saqlab qolishning iloji yo’q deb topsa, er-xotinni nikohdan ajratish to’g’risi da hal qiluv qarori chiqaradi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications