Va alaykum assalom.
Qonunchilikda erning boshqa ayolga uylanishi mumkin emas degan qoida mavjud emas. Lekin, bir uyda bir nechta ayol bilan er xotin bo’lib yashashi (ko’pxotinlik) jinoyat hisoblanadi.
Alohida ro’zg’or asosida ikkinchi xotin bilan yashash uchun javobgarlik belgilanmagan.
Oila kodeksining 13-moddasiga ko’ra Diniy rasm-rusmlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Bu shuni anglatadiki,
rasmiy nikohsiz turmush qurgan ayol mol-mulkni bo’lishni talab qilolmaydi va merosxo’r bo’la olmaydi.
Ushbu holatda siz ularning ustidan shikoyat qila olmaysiz. Lekin, agar xohlasangiz, farzandingiz uchun aliment talab qila olasiz. Aliment undirish uchun nikohdan rasman ajrasish talab qilinmaydi.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Showing 1 result
Your Answer
Please login first to submit.