Oila

0
0

Farzandimni chegaradan olib ota uyimga Boris has uchun unga pasport olishim kerak Lekin erim notariusdan ishonchnoma qilib bermayapti(hozirda u bilan birga yashamaymiz)Men undan bu hujjatni qonuniy yo’l bilan talab qila olamanmi yoki u hohlamasa bolamga pasport ololmimanmi yani bu uni hoggish istagi bilan bogliq ni?Javob uchun oldindan RAHMAT

  • You must to post comments
1
0

Assalom alaykum

Fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs ota-onalardan biri bilan xorijga vaqtincha chiqayotganda ota-onalardan ikkinchisining roziligi talab qilinmaydi. (Vazirlar mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to’g’risidagi nizomning 29-bandi 2-qismi)

Farzandingiz siz bilan birga chet elga vaqtinchalik chiqishi uchun turmush o’rtog’ingizning notarial tasdiqlangan roziligi talab qilinmaydi.

Turmush o’rtog’ingiz xohlamasa ham, farzandingizga pasport olishingiz va farzandingizni chet elga olib chiqishingiz mumkin.

Yuqoridagi nizomdan parcha:

III. Xorijga chiqish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibi
29. Xorijga vaqtincha chiqishga stikerni rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarni yig’ish punktiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) belgilangan shakldagi ariza-anketa;
b) ushbu muassasa yoki tashkilot orqali chiqilgan taqdirda muassasa yoki tashkilotning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi;
v) pasport yoki harakatlanish hujjati;
g) tug’ilganlik haqida guvohnoma;
d) 35 x 45 mm o’lchamli to’rtta fotosurat;
ye) O’zbekiston Respublikasi hududida birga yashaydigan ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi;
j) fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsga hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial
tasdiqlangan majburiyati;
z) davlat boji yoki konsullik yig’imlari va boshqa yig’imlar to’langanligi to’g’risida kvitantsiya.
Fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs ota-onalardan biri bilan xorijga vaqtincha chiqayotganda ota-onalardan ikkinchisining roziligi talab qilinmaydi.
30. Doimiy yashash maqsadida chet elga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirishda ma’lumotlarni
yig’ish punktiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan hujjatlar;
b) 15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan chet elga chiqib ketayotgan fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning notarial tasdiqlangan roziligi;
v) ota-onalardan biri vafot etgan taqdirda — uning vafoti to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi.

Fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotganda 29-bandning «ye» kichik bandida nazarda tutilgan rozilik talab qilinmaydi.

31. 15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ota-onalari, vasiylari (homiylari)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda chet elga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi mavjud bo’lgan taqdirda xorijga hamrohlarsiz chiqishlari mumkin.

32. Fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning xorijga vaqtincha chiqishiga ruxsatnomani rasmiylashtirish to’g’risidagi murojaati qondirilganda uning pasporti yoki harakatlanish hujjatiga ikki yil muddatga amal qiladigan stiker yopishtiriladi. Stikerning amal qilish muddati tugagach pasport yoki harakatlanish hujjatiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amal qilish muddati ikki yil bo’lgan yangi stiker yopishtiriladi. Bunda stikerning amal qilish muddati tegishli pasport yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan ortiq bo’lmasligi kerak.

33. Doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqaroning pasportiga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning harakatlanish hujjatiga amal qilish muddati noaniq bo’lgan tegishli stiker yopishtiriladi, biroq bunda stiker berilgan sana majburiy tartibda ko’rsatiladi.

http://lex.uz/docs/1833180

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications