Men turmush õrtog’im bilan 19 yildan buyon qonuniy nikohda yashab kelyapman. Yaqinda turmush õrtog’im fuqarolik sudiga bizlarni rasmiy nikohdan ajratish tõg’risida ariza topshirdi.Men esa uning bu talabini rad etdim. Hozirda turmush õrtog’im, fuqarolik sudi bizlarni rasmiy nikohimizni bekor qilmasidan turib boshqa ayol bilan shar’iy nikoh õqitib yashayapti. Fuqarolik sudi tomonidan rasmiy nikoh bekor qilinmasidan turib shar’iy nikoh õqitib boshqa ayol bilan yashayotgan turmush õrtog’imga qonun tomonidan qanday chora kõriladi?
Ularga nikoh õqigan imom-hatibga qanday chora kõriladi?
- You must login to post comments
Assalom alaykum
O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunining 5-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan.
Shunga ko’ra, shar’iy nikohni o’qigan imomga nisbatan qonunda javobgarlik belgilanmagan. Nikoh o’qiganlik uchun yagona jaobgarlik faqat Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda belgilangan. Unga ko’ra nikoh yoshiga yetmagan shaxslarni nikohlash uchun javobgarlik belgilangan.
Demak, sizning turmush o’rtog’ingiz va nikoh o’qigan imom uchun qonunda hech qanday javobgarlik mavjud emas.
Ma’lumot uchun:
Oila kodeksi 13-moddasiga ko’ra, Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- last edited 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.