Ҳомиладорлик ва тўғиш бўйича нафақаларни ҳисоблашда ходимнинг йиллик ўртача иш хақидан хисобланадими ёки хомиладорлик таътилига чиққунига қадар ишлаган охирги ойлик иш ҳақи миқдоридан ҳисобланадими?
Жавоб учун олдиндан раҳмат!
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizom ga ko’ra, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi.
Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari qo’shilmaydigan va pensiyani hisoblab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqi va boshqa to’lov turlari ro’yxati asosida aniqlanadi.
Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to’lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo’yicha ish haqiga qo’shiladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug’urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo’shilib, o’rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik va tug’ish, bola uch yoshga to’lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv yoki sinov yig’inlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi.
Avvalgi yoki joriy kalendar` yilida ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, lekin u dastlabki 12 oyidan ko’p bo’lmaydi va ularning yig’indisi mana shu oylarning soniga bo’linadi. Agar mukofotlash tizimi mazkur korxonada yangidan joriy etilgan bo’lsa hamda to’la bo’lmagan kalendar` yili amal qilsa, shuningdek korxonada yoki aniq xodimga nisbatan mukofotlash shartlari va tartibi o’zgarsa, mukofotlar yuqoridagi tartibda hisobga olinadi.
Mehnatiga vaqtbay haq to’lanadigan xodimlarga nafaqa hisoblab chiqarishda oylik ish haqi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish ta’tili boshlangan kungacha doimiy ravishda olib kelingan qo’shimcha va ustamalarni qo’shgan holda kunlik yoki soatbay tarif stavkasi va mazkur Nizomning 52-54-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan o’rtacha oylik
mukofotlar summasi hisobga olinadi.
Xodim to’liq bo’lmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqiqatda olinadigan qismi asosida hisoblanadi. Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o’rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko’rsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ro’y bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval bo’yicha) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Kunlik nafaqa o’rtacha kunlik ish haqining nafaqa miqdorini belgilash uchun ish haqiga qo’llaniladigan foiz hisobida aniqlanadi.
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Agar nafaqani hisoblab chiqarish uchun ish haqi asos qilib olinadigan davr mobaynida xodimning ish haqi miqdori o’zgarsa, nafaqani hisoblashda ish haqi o’zgargan kundan boshlab to’langan ish haqi olinadi.
Xodim uzrli sabablarga ko’ra ish haqiga ega bo’lmagan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim bo’lgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning o’rtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsienti va ustamalar belgilangan joylarda
ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug’ish davrida ish haqi o’zgargan bo’lsa, shu davrdan boshlab nafaqa miqdori ham tegishli ravishda qayta hisoblab chiqariladi.
Agar nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqiga qo’shimcha haq hisoblangan bo’lsa, nafaqa ham tegishli ravishda oshadi.
Xodim asosiy ish joyidan tashqari o’sha yoki boshqa korxonada o’rindoshlik asosida (shu jumladan yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs sifatida) ishlasa, nafaqa barcha ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Bunda yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs sifatidagi ish haqi miqdori tadbirkorning aniq bir oy uchun to’lagan ijtimoiy sug’urta badalini ish beruvchi va xodimlar uchun rasmiy belgilangan sug’urta badallarining jami foiziga bo’lish va natijasini 100 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug’ish ta’tili xodimning vaqtinchalik boshqa vazifani bajarish davriga to’g’ri kelib, ushbu ish o’rnida yuqoriroq mansab maoshi belgilangan bo’lsa, nafaqa ushbu o’rinda ishlashi lozim bo’lgan davrgacha (bunday kun belgilanmagan bo’lsa, vaqtincha ishda bo’lmagan xodim ishga chiqishi lozim bo’lgan kungacha) mana
shu yuqoriroq ish haqidan hisoblab chiqariladi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.