Ona qornidagi bolani o'z xoxishiga ko'ra oldira oladimi?

0
0

Assalamu alaykum mening savolim shunday ediki xotinim oylaviy mojarolar sabab uyiga ketib qolgan edi shu davir ichida qornidagi 4 oylik bolani oldirgan lekin menga xech qanday ogoxlantirish yoki xabar bermagan endi endi xotinim aytmoqdaki sen meni urganingda bolam tushub qoldi deb. xotinim qornidagi bolani oldirish vaxtida sog’lom bo’lgan bunga tegishli xujatim bor endi men xotinimga qanday chora ko’rsam bo’ladi iltimis shu savolimga javob bersangiz oldindan raxmat

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Hozirgi kunda O’zbekistonda abort masalasi aniq bir qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinmagan. Shunday ekan, agar haqiqatan ham turmush o’rtog’ingiz sizning ruhsatingizsiz bolani abort qildirgan bo’lsa, buning uchun tegishlli javobgarlik mavjud emas.

Agar ayolingiz sizning ustingizdan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga sizni bolani tushurishda ayblab shikoyat qilgan yoki qilmoqchi bo’lsa, siz yuqorida aytgan hujjatlarni dalil sifatida keltirish orqali o’zingizni oqlashingiz mumkin bo’ladi.

Abort uchun faqat quyidagi holdagina javobgarlik mavjud bo’lib, bu javobgarlik ham ona uchun emas balki jinoiy yo’l bilan homila tushurgan shifokor uchun belgilangan:

Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy
nuqtai nazardan mumkin bo’lmagan holda sun’iy ravishda homila tushirish — eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Sun’iy ravishda homila tushirishga huquqi bo’lmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi — eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
114-modda

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications