Оталик хукукидан воз кечиш

-2
0

Акам битта фарзанди бор аёлга уйланганди ва фарзандига фамилиясини берган хозир улар ажрашди ва хотини билан келган фарзандини фамилиясидан олиб ташламокчи илтимос маслахат берин

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Agar bola 16 yoshga to’lmagan bo’lsa, uning familiyasi ota onaning roziligi bilan o’zgartiriladi. Agar bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasida ota sifatida sizning akangizning ism familiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, bolaning familiyasini o’zgartirishga yoki o’zgartirishni talab qilishga haqli emas.

Agar bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasida ota sifatida sizning akangizning ism familiyasi yozilgan bo’lsa, fuqarolik sudiga murojaat qilish orqali otalikka e’tiroz bildirishi mumkin va bir paytning o’zida bolaning familiyasini o’zgartirishni ham talab qilishga haqli.

Agar bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasida akangizning ism familiyasi ota sifatida ko’rsatilmagan bo’lsa, bola akangizning familiyasida ekanligidan qat’i nazar, hech qanday yuridik oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Ya’ni, ona bola uchun akangizdan aliment talab qila olmaydi shuningdek, bola meros talab qila olmaydi.

Xulosa qilganda, akangiz bolaning metrkasida ota sifatida belgilanmagan bo’lsa, bola familiyasini o’zgartirishni talab qilib o’tirish shart emas (agar istasa talab qilishi mumkin – fuqarolik sudi orqali). Agar bola metrkasida akangiz ota deb belgilangan bo’lsa, unda fuqarolik sudiga otalikka e’tiroz bo’yicha da’vo arizasi berishi mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications