Assalomu aleykum. Men avval ham savol yo’llagan edim. Men bir insonga nikohdan o’tib turmush qurgan edim. Oila markazi bizni ajratib yuborgandi. Buni men avval ham aytib o’tganman. Meni homilam nobud bo’ldi deb oylagandim homilam soglom ekan. Men farzand ko’rsam farzandimni taqdiri nima boladi? Ahir biz FHDYO dan ro’yhatdan o’tmagan edik. Farzandim otasiz tugiladimi? Iltmos menga maslahat bering. Farzandimga tugilganlik guvohnomasini qanday olaman? Otasi degan joyi bo’sh qoladimi? Men yolg’iz ona bo’lamanmi? Menga huquqiy maslahat bering. Javob un oldindan rahmat.
- You must login to post comments
Va alaykum assalom
Otalikni belgilash uchun qonuniy nikoh (FHDYO orqali) talab etilmaydi. Farzandingiz tug’ilgach, hududingizdagi FHDYO organinga farzandingiz otasi bilan birgalikda otalikni belgilash to’g’risida ariza berasiz. Farzandingizga beriladigan Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomaga otasining ismi yoziladi.
Agar, mabodo, otasi otalikni berishdan bosh tortsa, fuqarolik sudiga otalini belgilash to’g’risida ariza bilan murojaat qilasiz. Bunda DNK natijasiga qarab otalik belgilanadi.
Xullas, siz rasmiy nikohda bo’lish yoki bo’lmasligingizdan qat’i nazar farzandingiz tug’ilganlik guvohnomasida otalik belgilanadi.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.