Chet elda ishlayotgan kishi OVIRi tugagach O’zbekistonga borsa, qayta OVIR olish uchun nima qilishi lozim?

2
0

Chet elda ishlayotgan kishi OVIRi tugagach O’zbekistonga borsa, qayta OVIR olish uchun nima qilishi lozim? Agar oldin turist sifatida olgan bo’lsa, endi chetda ishlayotgan shaxs sifatida qanday OVIR olish mumkin?

  • You must to post comments
0
0

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibiga ko’ra, O’zbekistonga borgach, doimiy yashab turgan viloyatingizdagi Ichki Ishlar boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasiga ariza topshirasiz.

Anketada arizachidan chet elga nima sababdan chiqayotganligi so’raladi, o’sha savolga ishlash uchun deb yozishingiz mumkin. Ammo anketadagi bu savolga javob OVIR berilishi yoki rad etilishida jiddiy ahamiyatga ega emas. Turist sifatida ham ishlash uchun ham chet elga chiqayotganlar bir xil anketa-ariza to’ldiradi.

Chet elga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar pasportini, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiyani, 35 x 45 mm o‘lchamli 4 ta fotosuratni, harbiy guvohnomani (harbiy guvohnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda chaqiruv yoshidagi shaxslar uchun mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning belgilangan namunadagi ma’lumotnomasini) taqdim etgan holda doimiy ro‘yxatda turgan joydagi Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga (harbiy xizmatchilar uchun harbiy qism (muassasa) joylashgan joy bo‘yicha) murojaat qiladilar.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications