oylam xaqida

0
0

Salom man sizlardan iltimos qimoqcheydim man erim bn ajrawyotgandim urtamizda qizimis borlar erim qizimsni mandan tortib olmoqchilar xaqi borm olib quywga yoke yuqmi nima maslaxat beraslar deb surayotgandim man qizimni bermoqchimasman

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 71-moddasi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq:

Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar o‘rtasida bo‘lgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda voyaga etmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining o‘zi bolani unga olib berish uchun asos bo‘la oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga ko‘ngil qo‘yganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining ma’lumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini e’tiborga oladi.
Shuningdek, sud 10 yoshga to‘lgan bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham e’tiborga olishi mumkin.
Sizdagi vaziyatda agar ona farzandining otasisa qolishiga rozi boʻlsa, bu sud tomonidan hal qiluv qarori bilan tasdiqlab oʻtiladi.
  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications