O'z joniga qasd qilish

0
0

Assalomu aleykum. Avvalo menga wu vaqtgacha yuridik maslahat berib kelyotganingiz un oldindan katta rahmat. Endi Sizdan 103 modda haqida sorab bilmoqchiman. Qasddan O’z joniga qasd qiliw. Va unga qonunda qandey jazo bor. Wu haqda BATAFSIL BILMOQCHI EDIM. BIR TANIWIM XOZIRGI VAQTDA OZINI OLDIRMOQCHI BO’LIB YURIBDI. MUAMMO YOQ. AMMO UYIDAGILARNI WUNDEY DEB QIYNAB YUBORDI. MEN MILITSIYAGA BU XAQDA XABAR BERSAM BOLADIMI? Javob un oldindan rahmat. Iwizga omad

  • You must to post comments
0
0

Va alaykum assalom.

Avvalo, bizga bildirgan ishonchingizdan minnatdormiz.

Bu vaziyatda Jinoyat kodeksi 103-moddasi amal qilmaydi. Negaki, 103-modda o’zini o’zi o’ldirgan shaxsning javobgarligini ifodalamaydi. Ushbu modda bilan shaxsni o’zini o’zi o’ldirish darajasiga yetkazgan odam javobgar bo’ladi. Ya’ni shaxsni qo’rqitish, unga rahmsiz muomala qilish, muttasil kamsitish natijasida uni o’zini o’zi o’ldirish darajasiga yetkazgan shaxs javobgar bo’ladi. Demak, tanishingiz o’zini o’zi o’ldirmoqchiligi uchun uning ustidan militsiyaga shikoyat qilolmaysiz.

Ushbu vaziyatda siz uchun eng to’g’ri yo’l – tanishingizni yaxshi psixologga ko’rsatish. Psixolog shaxsning ruhiyatini yaxshi tushunadi va tanishingizni ushbu ruhiy tushkunlik holatidan chiqishiga yordam bera oladi.

Shuningdek, o’z joniga qasd qilish diniy jihatdan qanchalik og’ir gunohligini tanishingizga tushuntirish uchun diniy idoralarga murojaat qilishingiz ham o’rinli bo’ladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications