Turmush oʻrtogʻimdan bir qizim bor, boshqa farzand koʻrolmaymiz. Savolim shundan iboratki, turmush oʻrtogʻimdan ajrashmasdan qonuniy boshqa ayol bilan nikohdan oʻtsa boʻladimi? Boʻlsa agar qanday qilib, kimga murojaat qilish kerak?
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Oila kodeksi 16-moddasiga ko’ra, loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida nikoh tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Bu shuni anglatadiki, siz turmush o’rtog’ingiz bilan qonuniy nikohda bo’la turib, boshqa ayol bilan qonuniy nikohdan o’tishingiz mumkin emas. Turmush o’rtog’ingiz bilan qonuniy ajrashganingizdan so’nggina boshqa ayol bilan qonuniy nikohdan o’tishingiz mumkin.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Showing 1 result
Your Answer
Please login first to submit.