Assalom alaykum
“Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunning 31-moddasiga ko’ra, Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi…
O’zbekiston Respublikasining qonuni u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar O’zbekiston Respublikasining qonuni sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo’lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo’lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etishni yoxud kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkazsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
Jinoyat va ma’muriy javobgarlik huquqida javobgarlikni yengillashtiruvchi normalar ortga qaytish kuchiga ega.
Jinoyat kodeksi 13-moddasi 2-qismiga ko’ra, Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o’tayotgan yoki o’tab bo’lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 9-moddasi 3-qismiga ko’ra, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo’lmaydi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.