Qo'shhotinlik

0
0

Men 1 yil avval bir insonga ikkinchi hotin bolib turmushga chiqqanman. Bundan yaqinda habar topgan birinchi qonuniy ayoli bizni militsiyaga hamda oila markaziga yozib bizni sharmanda qildi, Xamda oila markazi hodimlari bizni ajratib yubordi. Savolim wuki men o’sha vaqtda homilador edim 3 oylik homilam bundey asabbuzarliklarga chidolmey nobud bo’ldi. Xozirda birinchi turmushimdan bo’lgan qizim ham U insonni dada degandi qizim dadam qachon keladi deb U insonni kutib ogrib qolyapti Men ham ersiz ham bolasiz qoldim. Men erimdan bir haftada bir marta bizdan habar olishini soragandim holos. Oila markazidagi hodimlar buni bizga taqiqlab qoydi.men qandey yol tutsam maqul boladi.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum, sizning muammonigzni atroflicha o’rganib chiqib, shunday xulosaga keldikki, “Oila” markazining harakatlarida hech qanday huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Oila markazlari davlat organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish vakolatiga ega.

Oila markazining yuqoridagi harakatari oila buzilib ketishining oldini olish maqsadida qilingan.

Homilangiz nobud bo’lishiga haqiqatan ham Oila markazi xodimlari harakatlari sabab bo’lgan degan fikrda bo’lsangiz va buni isbotlab berishga ko’zingiz yetsa, ushbu masala yuzasidan sizga yetkazilgan ma’naviy ziyonni qoplash talabi bilan fuqarolik yoki ma’muriy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Islombek Abdixakimov
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti talabasi

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications