Assalomu aleykum. Savolim shundan iboratki men chet elga ishlagani ketmoqchiman. Lekin turmuw urtogim bilan qonuniy ajrawganim yuq. Odamlar aytishdi xotin chetga chiqmoqchi bulsa erini roziligi kerak deyishdi yoki qonunan ajrawiw kere deyiwopti. Shu gap tugrimi. Men erimni qayoqdaliginiyam bilmiman oramiz uzilgan. Undan ruhsatnoma surolmimanam chunki aytganim bilanam yordam bermaydi bu holatda qanday yul tutsam buladi.
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Qonunchiligimizda bunday cheklov mavjud emas. Er-xotin chet elga chiqish uchun bir-biridan ruhsat so’rashi shart emas. Istalgan paytda turmush o’rto’g’ingizning ruhsatisiz chet elga chiqishingiz mumkin (ajrashgan yoki ajrashmaganligingizdan qat’i nazar).
Lekin agar voyaga yetmagan farzandingiz bilan chet elga chiqmoqchi bo’lsangiz, turmush o’rtog’ingizning roziligi talab qilinadi. Bu holdayam agar turmush o’rtog’ingiz bilan birga yashamayotgan bo’lsangiz, mahalladan birga yashamayotganligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnoma olish orqali turmush o’rtog’ingiz roziligisiz ham voyaga yetmagan farzandingiz bilan chet elga chiqishingiz mumkin.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.