Salom xarakatsiz transport vositasidan xech qanday sababsiz Ypx xodimi xujjatlarni tekshiraoladimi

0
0

Salom xarakatsiz transport vositasidan xech qanday sababsiz Ypx xodimi xujjatlarni tekshiraoladimi

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari
hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to’g’risida NIZOMda harakatsiz transport vositasini tekshirish asoslari keltirilmagan.

Ushbu nizomga ko’ra YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko’ra to’xtatilishi mumkin:

haydovchi tomonidan yo’l harakati qoidalarining (keyingi o’rinlarda qoidalar deb ataladi)
buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

transport vositasi, haydovchi yoki yo’lovchi qidiruvda ekanligi, yo’l transport hodisasi yoki
boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud bo’lganda;

yo’l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko’rgan haydovchi yoki yo’lovchidan
hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo’yicha
ko’rsatmalarini bajarish jarayonida;

transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga
kelganda (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo’lgan transport vositalari hamda maxsus mo’ljallangan transport vositalari bundan mustasno);

maxsus tadbirlarni o’tkazish jarayonida;

transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun (maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar bundan mustasno).

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko’ra transport vositalarining to’xtatilishi taqiqlanadi.

YPX xodimi tomonidan o’ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar
bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.

YPX xodimi tomonidan o’ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan
bayonnomalar yuridik kuchga ega bo’lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Transport vositasi to’xtatilganida haydovchi YPX xodimi aynan to’xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o’tayotganligi haqida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi tasdiqlangan dislokatsiyaning ko’chirmasi bilan shu joyning o’zida tanishishi mumkin.

YPX xodimining dislokatsiyasi ushbu xodim xizmat olib borayotgan Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmatining saf bo’limi (bo’linmasi) boshlig’ida saqlanadi va haydovchining murojaatiga binoan o’n besh kun ichida yozma ravishda ma’lumot beriladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications