Shahsiy hayot dahilsizligi

0
0

Assalomu aleykum. Menga bir ayol tuhmat qilib meni taniwlarimga qo’ng’iroq qilib meni “axloqiy buzuq fohiwa hamma bn yotib yuradi hozir ham birovni tagida yotibdi (anan o’sha vaqtda Men onamni uyida edim bunga guvohlarim ham bor) deb rossa haqoratlab chidab bolmas darajada behurmat qilib tanishlarimni oldida kalla ko’tarib yurolmedigon qilib qo’ydi. Xamda hozirda homilador bolasi kimdanligini o’ziyam bilmedi deb aytgan shundan buyon meni hamma taniw bilishlarim mendan o’zini opqochadigon bolib qoldi. Bundan tashqari U ayol 23:20 dan keyin menga qongiroq qilib meni otamni onamni haqorat qilgan hamda menga “Seni uyingga borib Seni hammaga j****b fohisha deyman, ishxonangga borib u erda ham to’polon qilaman SHARMANDENI chiqaraman” deb qorqityapti. Men militsiyaga yozberishimni aytsam U ayol “Men Dilnozaman meni hech kim hech narsa qilolmedi. Bowimda HOJI ONA BOR U AYOL QUTQARIB OLADI” QO’LINGDAN XECH NARSA KELMEDI DEB TINCH YAXHAXHGA QO’YMAYAPTI. MEN XOMILADOR EMASLIGIMNI ERKAK KISHI BN ANCHA VAQTDAN BERI ALOQA QILMAGANIMNI ISBOTLAB BERIWIMNI AYTSAM XAM SENI ….. OYOG’IMNI TIQVOLAMAN DEB tinch yashashga va ishlashga qo’ymayapti. Ishhonamga ham TAXLIKA BN BORIB KELYAPMAN. UYIMDA XAM BERKINIB YURIBMAN ILTMOS HUQUQIY YORDAM BERING. MEN NIMA QILEY. OZIMNI QANDAY HIMOYA QILEY. YANA BIR BOR YORDAM BERILAR.ILTMOS

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Siz u ayolning harakatlari ustidan hududingizdagi ichki ishlar bo’limi (Militsiya)ga ariza bilan shikoyat qilishingiz mumkin.

Tuhmat qilish ya’ni bila turib yolg’on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo’lib, unga ko’ra tuhmat qilgan shaxsga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.(Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 40-moddasi)

Agar sizga tuhmat qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so’ng yana sizga tuhmat qilishda davom etsa (oradan bir yil o’tmasdan), sizning shikoyatingizga asosan Jinoyat kodeksining 139-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Unga ko’ra tuhmat qilgan shaxs eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilangan bo’lib, haqorat qilgan shaxsga eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. (Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 41-moddasi).

Haqorat qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin bir yil ichida ushbu harakatini yana takrorlasa, Jinoyat kodeksi 140-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Unga ko’ra haqorat qilgan shaxs eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ayolning “hech kim menga hech narsa qilolmaydi” degan gaplariga ishonmang. Sizning huquqlaringiz davlat tomonidan himoya qilinadi va huquqbuzarlar jazosiz qolmaydi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications