So'kish uchun javobgarlik

Answered
2
0

Men bitta kishini jaxldan so’kib qo’yuvdim bunga jazo bormi?

  • You must to post comments
Best Answer
0
0

Assalom alaykum

Albatta, qonunda jazo choralari bor. Konstitutsiyamizning 25-moddasiga ko’ra,

“Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega”. Bosh qomusning 27-moddasida esa, “Har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega”, deb belgilangan.

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 41-moddasida,
haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, –
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. (Hozirgi kunda BHM 223 000 so’m.)

Siz haqorat qilgan shaxs norozi bo’lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda boshqa turdagi huquqbuzarliklar ham aniqlanishi mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications