Stipendiya

0
0

Assalomu alekum. 2019 yil o’qishimni chet eldan O’zbekiston Milliy unversitetiga ko’chirdim. Kantrakt yarim yillik to’ladim stepindiyalik qilib. Lekin menga xozirgacha (17.01.2020) stepindiya berilmayapti. Bugalteriya bo’limidan so’raganimda buyruq chiqgan oydan boshlab beriladi dedi. Menga buyruq dekabr oyida chiqgan. Bu to’g’rimi 3oylik stepindiya yo’q bolib ketadimi? Javob uchun oldindan raxmat

  • You must to post comments
0
0

ASSALOMU ALAYKUM.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2004 yil 10 martdagi 2-P, 43-son qarori bilan
«TASDIQLANGAN» Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi

YO‘RIQNOMAning 14-bandi hamda 5-bandida:

14.Belgilangan tartibda bir Oliy ta’lim muassasasi (fakultet)dan boshqasiga, shuningdek ta’limning sirtqi shaklidan kunduzgi shakliga o‘tkazilgan talabalarga stipendiya ular tomonidan reyting nazorati natijalari bo‘yicha, o‘quv rejalaridagi tafovutlar bartaraf etilganidan keyin tayinlanadi.

Akademik qarz mavjud bo‘lmaganida stipendiya akademik ma’lumotnoma (reyting daftarchasi)da ko‘rsatilgan, avvalgi o‘quv joyidagi reyting nazorati natijalari bo‘yicha tayinlanadi va yangi o‘quv joyiga qayd etilgan paytdan boshlab Oliy ta’lim muassasasi rektorining (uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning) buyrug‘i asosida to‘lanadi.

  1. Ulgurayotgan talabalarga stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi va stipendiya har bir o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab to‘lanadi.

demak, agar siz tomoningizdan kontraktni to’lash muddati buzilmagan va kontraktning summasi 100 % to’langan bo’lsa, u holda sizga o’quv yilining boshidan stipendiya miqdori berilishi kerak. Buyruqning chiqishi bunga ta’sir qilmaydi. Siz fuqarolik sudi orqali buzilgan huquqlaringizni tiklab olishingiz mumkin.

Sizga yuridik maslahat berganimizdan xursandmiz. Iltimos bizning saytimizni hamda telegram ijtimoiy tarmoq kanallarimizni boshqalarga ham ulashib o’zingizni munosabatingizni bildiring. Zero sizdan tarqatish, bizdan maslahat.

t.me/civil_uz
https://t.me/yurist_maslahatiga_savol
https://t.me/yurist_maslahati

 

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications