Assalom alaykum men rossiya hududida sudlanganman chast 158.2 (1yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan) endi men O’zbekiston hududida sudlangan hisoblanamanmi va buning kelajagim uchun ( ishga kirishim va o’qishimtopshirishim) zarari bormi ??? Javob uchun oldindan rahmat!!!
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Sizning chet davlatda sudlanganligingiz sizni O’zbekiston Respublikasi hududida ham sudlangan deb hisoblash uchun asos bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 78-moddasiga muvofiq muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik yoki shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik g’ayriqonuniy hisoblanadi. Demak, sizning sudlangan ekanligingiz ish beruvchining sizni ishga qabul qilmasligi uchun asos bo’lolmaydi. Agar ish beruvchi sudlanganligingizni bahona qilib sizni ishga olishdan bosh tortsa, siz ish beruvchi ustidan fuqarolik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Lekin Mehnat kodeksi 78-moddasida qonunda belgilangan ayrim hollarda sudlangan shaxslarni yoki qarindoshi sudlangan shaxslarni ishga olishni rad etishga yo’l qo’yilishi mumkinligi aytib o’tilgan. Ammo bu qaysi hollar ekanligiga izoh berilmagan.
“Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida NIZOM”da ham sudlanganlarning o’qishga qabul qilinishi masalasi yoritilmagan. Demak, sudlanganligingiz sizning oliy o’quv yurtlariga hujjat topshirish va ta’lim olishingizga to’sqinlik qilmaydi. Agar o’qishga topshirsangiz,sudlanganligingizni bahona qilib hujjatlaringizni qabul qilish rad etilsa, ushbu shaxs ustidan fuqarolik sudiga da’vo arizasi yozishingiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyatkodeksi 77-moddasiga ko’ra sudlanganlik shaxs yangi jinoyat sodir etganda va jinoyat kodeksida nazarda tutilgan hollardagina ahamiyatga ega bo’ladi. Bundan sudlangan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilsa, jazo og’irroq bo’lishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin.
Xullas, siz O’zbekistonda ham muqaddam sudlangan deb hisoblanasiz lekin sizning sudlanganingiz sizni ishga va o’qishga qabul qilishni rad etish uchun asos bo’lmaydi.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.