Assalom aleykum, bir maslahat so’ramoqchi edim. Tadbirkorlik boshlash uvhun yer ajratilishi uchun kimga murojaat etish kerak? Novvoychilik qilish uchun qaysi tadbirkorlik turini tanlagan ma’qul?
Iltimos , agar iloji bulsa ishni nimadan boshlash qanday rasmiy hujjatlar to’plash kerakligi haqida ma’lumot bersangiz?
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Yer ajratish uchun hokimiyatga murojaat qilasiz. Yer hokimning qaroriga asosan ajratiladi.
Novvoychilik qilish uchun Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tganingiz ma’qul.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tish uchun hududingizdagi “Yagona darcha” markaziga ariza bilan murojaat qilasiz. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
– pasport;
– davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati.
Boshqa kerakli hujjatlar tog’risida yagona darcha markazi xodimlari ma’lumot berishadi.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.