Uy-joy buzilishi va yer ajratilishi masalasi

0
0

Biz dadam Muqimov O’ktam nomida bo’lgan umumiy maydoni 6 sotix bo’lgan er-uchastkada 3 oila (dadam, onam), (akam, yangam va 4 nafar bolalari) va (men va oilam xamda 2 nafar bolam) yashaymiz. Lekin kadastr xujjati umumiy xovli uchun 1 ta. Savolim shuki xozirda biz yashab kelayotgan uy avtoyo’l kengayayotganligi sababli buzilishga tushdi. Maxalliy xokimiyat tomonidan bizga 4 sotix (1 ta) yer maydoni ajratildi. Men xovlida yashab kelgan xar bir oila uchun yer berishlarini surasam ular kadastr xujjati 1 ta shuning uchun faqat 1 ta beriladi deyishmoqda shu to’g’rimi? Xech bo’lmaganda xozirgi xovlimiz maydonicha (6 sotix) yer berilidhi kerak emasmi? Xovli dadamni nomlarida. Dadam bolalikdan 2 gr.nogironi.
Javob uchun oldindan raxmat.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

2018-yil 11-oktyabrgacha uy-joy davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilganida fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga avvalgisiga teng qiymatli uy-joy yoki tegishli tartibda kompensatsiya berilardi.

2018-yil 11-oktyabrda Uy-joy kodeksiga kiritilgan o’zgarishga ko’ra, bu huquq faqat uyning mulkdorlarigagagina tadbiq etiladigan bo’ldi.

Shuning uchun ham hovlingizda yashayotgan har bir oila uchun emas, balki faqat kadastr hujjati kimning nomida bo’sa, o’sha shaxsga tegishli tartibda uy joy berilgan. Bunda hokimlik vakillarining harakatlari o’rinli.

Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquq berilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim. (Uy-joy kodeksi 27-modda)

Sizga 6 sotix yeringiz o’rniga 4 sotix yer berilgani sababki yuqoridagi normaga binoan kompensatsiya puli to’langan bo’lishi kerak. (Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim). Agar to’lanmagan bo’lsa, hokimiyatga, agar hokimiyat rad etsa, ma’muriy sudga kompensatsiyani undirishni so’rab murojaat qilishingiz mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications