Assalomu alaykum. Bizni uzoq yillardan qiynab kelayotgan muammo-men 1991 yildan,turmush o’rtog’im 1994 yildan Toshkent shahrida vaqtinchalik ro’yhatdan o’tgan holda yashaymiz. 2006 yil tanishimiz nomlga uy sotib olganmiz. Barcha to’lovlarni o’zimiz to’lab kelganmiz, kvitansiyalarga ba’zilariga tanishimizni ayrimlariga esa o’zimizni familiya yozilgan. Uy olganimizga 13 yil bo’ldi, tanishimiz endi uyni boshqa odamni nomiga o’tkazishimizni so’rayapti. SHu sababli uy ni o’z nomimizga o’tkazishni (yoki hadyami) biror iloji bormi?
- You must login to post comments
Va alaykum assalom
Vazirlar mahkamasining 41-sonli qaroriga muvofiq siz Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo’lmaganingiz uchun Uyni o’z nomingizga o’tkaza olmaysiz.
Ushbu holda siz uyni Toshkent shahrida doimiy propiskada bo’lgan shaxs nomiga o’tkazishingiz mumkin. Lekin kelajakda yana shunga o’xshash muammolarga duch kelishingiz mumkin.
Siz uchun eng to’g’ri yo’l quyidagicha:
Hozirda yashab turgan uyingizni sotasiz va Toshkent shahridan yangi qurilgan uy sotib olasiz. Shunda sizga Toshkent shahridan doimiy propiska beriladi. Vazirlar mahkamasining 527-sonli qaroriga muvofiq, sotib olingan uyning narxi eng kam oylik ish haqining 2500 barabaridan kam bo’lmasligi lozim.
Agar moddiy sharoitingiz yaxshi bo’lsa, uyingizni sotmay turib ham Toshkent shahridan yangi qurilgan uy sotib olsangiz – sizga doimiy propiska beriladi. Doimiy propiska olganingizdan so’ng, hozirda tanishingiz nomida bo’lgan uyingizni o’z nomingizga o’tkazib olishingiz mumkin.
Islombek Abdixakimov
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti
2-kurs talabasi
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.