Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

0
0

Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

  • You must to post comments
0
0

Mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan, chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 1 nafar, hunarmandchilik faoliyatini amalga oshiruvchilar 3 nafargacha, maishiy xizmat ko’rsatuvchilar 3 nafargacha, faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2 nafargacha xodimlarni yollashi mumkin.

Bunda, Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish, Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish, Veterinariya faoliyati, Yuklarni avtomobil transportida tashish, O’simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni etishtirish, yig’ishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish, Rieltorlik faoliyati, Ekskursiya xizmatlari ko’rsatish bo’yicha turizm faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining asosiy turi bo’yicha yordamchi ishlarni bajarish uchun bir nafar xodimni yollashi mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications