Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish muddati qancha etib belgilangan?

0
0

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish muddati qancha etib belgilangan?

  • You must to post comments
0
0

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 3 sentyabrda 1712- son bilan ro’yxatga olingan «Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati nazorat kiluvchi organlar tomonidan ularning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida bir kun davomida rejadan tashqari qisqa muddatli, muqobil yoki nazorat tartibida tekshirishlar shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Istisno tariqasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning moliyaviy va tovar hujjatlarini tekshirish zarurati bo’lgan hollarda, kameral nazorat natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishi holatlari asosida, Kengash qarori bilan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini bundan ko’proq, lekin 5 ish kunidan oshmagan muddatda tekshirish o’tkazish ko’zda tutilishi mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications