Assalom alaykum
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga spirtli (alkogolli) ichimliklar bilan savdo qilish man etilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qanday faoliyat turlari bilan shug’ullanishingiz mumkinligini bilishni istasangiz ushbu maqolani o’qing: https://civil.uz/yakka-tartibdagi-tadbirkorlar-yuridik-shaxs-tashkil-qilmasdan-qanday-faoliyat-turlari-bilan-shugullanishi-mumkin/
Alkogolli mahsulotlar savdosi bilan faqat yuridik shaxslar shug’ullanishi mumkin. Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini berish bo’yicha Maxsus komissiya tomonidan berilgan alkogolli
mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olgan yuridik shaxslar shug’ullanishi
mumkin. (Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish QOIDALARI)
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.